Koronavirusni supertarqatuvchilar — ular kimlar?
Koronavirusdan zararlanish nega mamlakatlarda har xil? Argentinalik olimlarning fikricha, bu na koronavirus shtammi, na millatning immunitetiga bog‘liq — hamma gap supertarqatuvchilarda. Ular kimlar?
Argentinadagi Litoral milliy universiteti tadqiqotchisi Pablo Beldomeniko turli mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holatlarini tahlil qildi. Uning fikricha, kasallikni yuqtirgan o‘rtamiyona bemorlardan farqli o‘laroq, supertarqatuvchilar bu — SARS-CoV2 virusini tashuvchilardir.
Aksariyat mamlakatlarda, masalan, qo‘shni mamlakatlarda kasallik tarqalishi va o‘lim holatlaridagi bir necha karralik tafovutlar sababi shunda, deydi olim. Bevosita SARS-CoV-2ni tarqatayotganlar orasida simptomsiz (kasallik alomatlarisiz) tarqatuvchilar ayrim hollarda supertarqatuvchilarga aylanayotganini ham olim inkor etmagan.
Beldomenikoning fikricha, inson organizmiga, yuqtirib olishdan tashqari, virus qancha miqdorda (virus yuklamasi) kelib tushishini ham inobatga olish kerak.
Katta virus yuklamasini olgan insonning o‘zi ham supertarqatuvchiga aylanishi mumkin, deydi Rossiya FA Fizik kimyo va elektrokimyo instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Oleg Batishchev.
«Virus insonning o‘zini emas, balki uning hujayralarini zararlaydi. Organizmga tushgan bitta virus bitta hujayrani zararlab, deylik, 100 ta yangi virusni paydo qiladi. Agarda organizmga 100 ta virus tushsa, u holda bir inson tanasida 10 mingta yangi virus dunyoga keladi. Bu yerda gap koronavirusning xususiyatida emas, bu oddiy arifmetika. Shunday ekan, virus yuklamasini (ko‘p sonli viruslarni) olgan inson supertarqatuvchiga aylanishi mumkin», — tushuntiradi ekspert.
Kursk davlat tibbiyot universiteti eksperimental jarrohlik va onkologiya laboratoriyasi xodimi David Naimzodaning fikricha, supertarqatuvchilar mavjudligi ehtimoli juda yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter