Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni siyosiy nayrang deb «jar solgan» kishi kasallikka chalinib, vafot etdi

Koronavirusni siyosiy nayrang deb «jar solgan» kishi kasallikka chalinib, vafot etdi

Foto: «rt.com»

Koronavirusni siyosiy nayrang deb «jar solgan» kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgandan so‘ng vafot etdi. Bu haqda «The Mirror» nashri xabar bergan.

Amerikaning Ogayo shtati Merion okrugida istiqomat qilgan 60 yoshli Jon MakDeniyel «Facebook»ga ko‘plab tajovuzkor postlarni joylagan. Ularda koronavirusning siyosiy nayrang ekanligini aytib, uyda qolish chaqiriqlarini esa bema’nilikka chiqargan.

«Agar virusni yuqtirib qo‘yishdan qo‘rqsangiz, shunchaki pab va restoranlarga bormang. Boshqalarning yashashiga xalaqit bermang, — deb yozgan MakDeniyel. — Jinnilikni bas qilish kerak».

Martning oxirlarida Jonga COVID-19 tashxisi qo‘yildi. 15-aprel kuni esa u shifoxonada vafot etdi.

«MakDeniyelning oilasi hamshiralar va shifoxonaning barcha xodimlariga koronavirusdan uning hayotini saqlab qolish maqsadida qilgan hamma harakatlari uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirishdi. Ular xavfsizlikni saqlash uchun ijtimoiy masofaga amal qilish zarurligini barchaga yana bir eslatib qo‘ymoqchi bo‘lishdi», — deya ta’kidlashdi ta’ziyanoma mualliflari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring