Koronavirusni yengishga to‘sqinlik qilayotgan omil nima?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida fitna va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishi pandemiya ustidan g‘alaba qozonishga xalal beryapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlar direktori Maykl Rayan brifing paytida aytib o‘tdi. Twitterda translyasiyasi mavjud.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu omil tashkilot mutaxassislarini tashvishga solmoqda.
«Juda kichik guruhlarning siyosiy yoki mafkuraviy maqsadlari ijtimoiy tarmoqlarda hozirgi kunda biz dunyoda amalga oshirayotgan nihoyatda muhim jarayon — COVID-19 ustidan nazoratni buzishga qaratilgan», — deb izohladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari qariyb ikki million insonning umriga zomin bo‘lgan virusni to‘xtatishga harakat qilyapti. COVID-19ga qarshi kurashayotganlarga fitna kerak emas, deya ta’kidladi Rayan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dasturining direktori aholini ushbu virusning haqqoniyligiga ishonmaslikka undovchi pandemiya haqidagi soxta xabarlarning tarqalishiga salbiy munosabat bildirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ijtimoiy media ko‘plab muammolarni hal eta oladigan kuchli vosita, ammo «manfurlarning» ushbu platformani buzishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter