Koronavirusni yengish uchun balki bir necha yil kerak bo‘lar – Nurmat Otabekov
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazilgani xabar qilingandi.
Unda mutaxassis insniyat koronavirusni yengish uchun qancha vaqt talab qilinishiga to‘xtaldi.
➖ Insoniyat virus yuqtirish hollarini kamaytirsa ham, bu hali pandemiya tugaydi, degani emas. Koronavirus yaratgan to‘lqinning tinishi uchun, balki bir necha yil kerak bo‘lar. Hayotning ba’zi jabhalariga kiritilgan cheklovlarni uzoq muddatda ushlab turish qiyin, albatta.
Bu cheklovlarning ijtimoiy va iqtisodiy badali juda katta bo‘ladi.
Virusni jilovlaydigan cheklovlar bekor bo‘lishi bilan yana tarqalish hollari ortishi mumkin. Ammo koronavirus yo‘qolib ketmaydi. Hayotni tezroq normal holatga qaytarilishi esa aynan shu kasallikning tugatilishiga bog‘liq, – dedi Nurmat Otabekov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter