Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni chayon zahri bilan davolashni taklif qilishdi

Koronavirusni chayon zahri bilan davolashni taklif qilishdi

Foto: «Yabiladi.com»

Shotlandiyadagi Aberdin universiteti va Misrdagi Suvaysh kanali universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, chayon zahri koronavirusni davolash uchun asos bo‘lishi mumkin. Bu haqda universitetlardan birining saytida chop etilgan press-relizda aytib o‘tilgan.

Ularning zaharida biologik faol peptidlardan tashkil topgan «antiqa kokteyl» bor. Ba’zilari kuchli antibakterial va virusga qarshi ta’sirga ega, deyiladi hujjatda.

Olimlarning g‘oyasi zaharni toksinlardan tozalash va bu hasharotlar sekretsiyasining bir qismi bo‘lgan biologik faol moddalarni ajratishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring