Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilmoq kerak? Izoh

Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilmoq kerak? Izoh

Foto:«Xabar.uz»

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Odilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ayrim savollarga javob berildi. 

Menda koronavirus aniqlandi, uy sharoitida davolanyapman. Virusdan butkul xalos bo‘lganimni, tuzalganimni qanday bilishim mumkin?

Murojaatingizdan ko‘rinib turibdiki, siz koronavirus kasalligining yengil shakli bilan og‘rigansiz. Shuning uchun ham uyda davolanish tavsiya qilingan.

Tuzalganlik holatini sub’yektiv — ya’ni sizning umumiy holatingizning yaxshilangani, simptomlarning yo‘qligi bilan birgalikda ob’yektiv — ya’ni shifokor ko‘rigida tana a’zolarida hech qanday salbiy o‘zgarish yo‘qligi hamda laborator — ya’ni test topshirganingizda koronavirus aniqlanmagani orqali bilishingiz mumkin. Shuningdek, immunologik jihatdan antitanachalar shakllangani orqali ham bilish mumkin.

Koronavirusga qayta chalinmaslik uchun nimalar qilish kerak?

 Kasal bo‘lmaslik uchun uning oldini olish, ya’ni profilaktika zarur.

Birinchi navbatda immunitetning yuqori bo‘lishiga erishish, buning uchun organizmni chiniqtirish, gigiyenik qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish (to‘g‘ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish, ruhiy xotirjamlikka erishish) zarur.

To‘g‘ri ovqatlanish:

- kuniga kamida 4-5 mahal ovqat iste’mol qilish,

- tarkibida yog‘, tuz, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlardan tiyilish,

- kuchli gazlangan rangli hamda energetik ichimliklardan voz kechish,

- kuniga 400 gr. dan kam bo‘lmagan miqdorda xom holdagi meva va sabzavotlarni iste’mol qilish,

- ovqatning bir xilda bo‘lishidan cheklanib, ratsionga go‘sht mahsulotlari bilan bir qatorda albatta sut va qatiq mahsulotlari, dukkakliklar, ko‘katlarni qo‘shib iste’mol qilish zarur.

- Shuningdek, gripp mavsumida piyoz, chesnok va limonning ham alohida o‘rni borligini unutmaslik kerak.

Shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan cheklanish, ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan to‘g‘ri va to‘liq foydalanish talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring