Koronavirusga qarshi vaksina qachon foyda bermasligi ma’lum qilindi
Vaksinatsiya hamma joyda amalga oshirilgandagina samarali bo‘ladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus. Uning nutqi aks etgan videoyozuv tashkilotning YouTube-kanaliga joylandi.
Gebreyesus barcha mamlakatlarni vaksinatsiyani keyinga qoldirmaslikka chaqirdi, chunki aks holda koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘ladi.
«Bunday holatda biz qo‘llagan vaksinalar yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin», — deya ogohlantirdi u.
Uning ta’kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlarda preparatlar yetishmasligi boy davlatlarga ham muammo tug‘dirishi turgan gap. Shu bois Gebreyesus hukumatlarni o‘z fuqarolariga virusdan himoyalanish uchun nafaqat o‘zlarini, balki dunyoning boshqa mamlakatlari aholisini ham emlash zarurligini tushuntirishga chaqirdi.
Dunyoda 111 million kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, qariyb 2,5 million bemor hayotdan ko‘z yumdi. Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha AQSh, Hindiston va Braziliya oldinda bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter