Koronavirusga qarshi tuzoq-dori ishlab chiqarildi — DF-COV-01
Amerika olimlari (Dana-Farber saraton kasalliklari instituti, Boston va Kolorado universitetlari hamda Massachusets shifoxonasi hamkorligida) tomonidan koronavirusning omikron-shtammi hamda ayrim turlarini samarali yo‘q qiluvchi dori vositasi ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida yoritildi.
DF-COV-01 deb nomlangan yangi dori ACE2 retseptorining molekula-tuzog‘i vazifasini bajaradi. Ta’kidlanishicha, u antitanalarga asoslangan boshqa dorilardan farqli ravishda, SARS-CoV-2 (koronavirus)ni boshqacha kutib oladi — tuzoqqa tushiradi. Koronavirusdagi dorilar himoyasini yorib o‘tishda qo‘l keluvchi mutatsiyalar bu dori qo‘llanilganida hujayralarni zararlovchi oqsil-tikanaklaridan mahrum bo‘ladi. ACE2 tuzoqlari asosidagi dorilar samarali va uzoq ta’sir ko‘ratadi, deyiladi xabarda.
Tajribalar davomida muayyan oqsil fragmenti faollashganida dori vositasi virusga tobora chuqurroq singishi va organizimda uzoqroq qolishi ma’lum bo‘ldi. Oddiy ifodalaganda, dori koronavirusning oqsil-tikanaklarini yemiradi, natijada u hujayralar sirtidagi ACE2 retseptori bilan bog‘lana olmaydi.
Aksariyat koronaviruslar ACE2 retseptori orqali yuqishi hisobga olinsa, yangi dori hozir mavjud barcha shtammlar va hatto kelgusidagi yangi mutatsiyalarga ham qarshi kurashishi mumkin.
DF-COV-01 ishlab chiqarilishi deyarli yakuniga yetgan bo‘lsa-da, hozircha odamlarda sinalgan emas. Ayni paytda sinovlar klinikagacha bo‘lgan bosqichda, bu jarayondan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, klinik sinovlarga ruxsat beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter