Koronavirusga qarshi emlanishning 2-bosqichida nojo‘ya ta’sirlar takrorlanadimi?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob berdi.
«Vaksinatsiyaning 1-bosqichida emlashdan keyin birinchi 3 kunlikda nojo‘ya ta’sirlar, ya’ni tana haroratini 38° darajagacha ko‘tarilishi, vaksina olgan joyda maxalliy qizarish, bir oz og‘riq yoki bo‘rtib turishlar, ba’zilarda yengil 2-3 kunda o‘tib ketuvchi shamollash alomatlari, nisbatan tanadagi mushaklarda yoki bo‘g‘imlarda 1-2 kunlik og‘riqlar kuzatilgan bo‘lsa, bu holatlar 2-bosqichdan keyin aynan shu odamlarda kuzatilishi ham, kuzatilmasligi ham mumkin.
Vaksinadan keyingi vaqtinchalik reaksiyalar inson organizmining individual moslashuvchanligiga bog‘liq. Agar 1-bosqichdan so‘ng kuchli allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa, bu haqida shifokorni xabardor qilish kerak.
2-bosqichda ham bu allergik reaksiya kuzatilishi mumkin», deydi Sevara Ubaydullayeva.
Shuningdek, mutaxassis barcha emlanayotganlarni 2-bosqich emlanishdan oldin yana bir bora shifokor ko‘rigidan o‘tishlarini, qon bosimlarini nazorat qilishlari va emlash kunidagi biror shikoyatlari bo‘lsa albatta tibbiyot xodimiga aytishlari kerakligini eslatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter