Koronavirusga chalinganlar soni mart oyida 170 million nafarga yetishi mumkin — xitoylik olimlar
Xitoy xalq-ozodlik armiyasi, Jamoat salomatligini saqlash fan-tadqiqotlari institutlari hamda Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ekspertlari prognoziga ko‘ra, 2021-yilning mart oyiga borib koronavirus qurbonlari soni 5 million nafarga yetadi.
Solishtirish uchun: koronavirus qurbonlari soni hozir 2 million nafardan oshgan.
Odamlar yangi tashqi zarbalarga tayyor turishlari kerak, deyishmoqda ekspertlar.
Olimlardan biriga ko‘ra, garchi Xitoy pandemiya nazoratini qo‘lga olishga erishgani bilan, aksariyat mamlakatlarda koronavirusning yangi o‘choqlari va mutatsiyalari paydo bo‘lmoqda.
«Voqealar rivoji bundan buyog‘iga qanday rivojlanishini oldindan aytish imkonsiz», — dedi CDC professori Syuy Szyango.
Turli ssenariylarni modellashtirib ko‘rgan olimlar hatto voqealar rivoji eng yaxshi o‘zanda rivojlangan taqdirda — hukumatlar samarali qarorlar qabul qilib, fuqarolar barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilganda ham koronavirusdan o‘lim holatlari yana 300 mingtagacha ko‘payadi, degan to‘xtamga kelishdi.
Tadqiqotda butun dunyoda koronavirus qayd etilishlari soni 92 milliondan oshgani (ayni paytda 94 milliondan ziyod — tahr.), mart oyida bu ko‘rsatkich 170 milliontagacha yetishi, hammadan ko‘p AQSh jabr ko‘rishi ehtimoli mavjudligi eslatib o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter