Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar o‘pkasini saqlab qolish yo‘li topildi

Koronavirusga chalinganlar o‘pkasini saqlab qolish yo‘li topildi

Foto: «iz.ru»

Shvetsiyalik shifokorlar shikastlangan o‘pka to‘qimalarini stvolli hujayralar bilan davolashni taklif qilishmoqda. O‘pka to‘qimalari shikastlanishi koronavirusni yuqtirish asoratining asosiy turi hisoblanadi. Bu haqda «Izvestiya» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, stvolli hujayralar immun tizim o‘tkir reaksiyasini bartaraf etadi. Aks holda u o‘tkir respiratorli distress-sindromni (O‘RDS)ni keltirib chiqaradi — bunday holatda o‘pka qonni kislorodga to‘yintirish qobiliyatini yo‘qotadi. Organizmning haddan tashqari yallig‘lovchi reaksiyasi gaz almashinuvini izdan chiqaradi.

Shvetsiyalik olimlar ushbu holatning oldini olish yo‘lini topishdi. U O‘RDSni davolashda mezenximal stromal hujayralarni qo‘llashdan iborat. Bu hujayralar immun tizim faoliyatini nazorat qilishga qodir.

Kommunarkadagi shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusni yuqtirgan bemorlarning 80 foizi aynan O‘RDS tufayli vafot etishadi. Bu organizmning koronavirus infeksiyasiga qarshi o‘ziga xos reaksiyasi bo‘lib, hozircha ilmiy asoslanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring