Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

Koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli A. A. (erkak)da 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

SSV xabariga ko‘ra, unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar ham aniqlangan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, gipertoniya va arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar fonida bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring