Koronavirusga chalingan Armaniston prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Koronavirusga chalingan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
5-yanvar kuni o‘sha paytda Londonda bo‘lgan Armaniston prezidenti Sarkisyanga koronavirus tashxisi qo‘yilgani, u izolyasiyaga olingani to‘g‘risida xabar bergandik.
Oradan bir kun o‘tar-o‘tmas uning rafiqasida ham yangi virus qayd etilgan.
Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Sarkisyanning ahvoli barqarorlashganda shifokorlar ruxsati bilan vataniga qaytadi.
«Koronavirusga chalinib, uyda davolangan Sarkisyan shifoxonaga o‘tkazildi. Kasallik kechishi murakkab: kasallikka xos alomatlar, jumladan, yuqori tana harorati va ikki tomonlama pnevmoniya kuzatilmoqda», — deyiladi prezident veb-saytidagi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter