Koronavirusdan tuzalganlar soni yana ortdi

Andijon viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 90 nafar bemor malakali shifokorlar nazorati ostida davolanmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, shifokorlarning sa’yi-harakati bilan Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan shaxslardan 4 nafari koronavirusdan butunlay sog‘aydi.

Kasallikdan davolangan fuqarolar ma’lum vaqt reabilitatsiyaga kuzatuvida bo‘ladi.
Avvalroq, Farg‘ona va Qashqadaryoda ham bemorlar tuzalgani xabar berilgandi.
Shunday qilib O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 74 taga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter