Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalgandan keyingi eng xavfli davr aniqlandi

Koronavirusdan tuzalgandan keyingi eng xavfli davr aniqlandi

Foto: «Profile.ru»

Michigan universiteti olimlari shifoxonadan chiqqandan keyingi dastlabki bir yarim hafta ichida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar yana shifoxonaga yotqizilishi yoki asoratlardan vafot etishi mumkinligini fosh etishdi. Koronavirusdan tuzalganga o‘xshash davrdan keyingi eng xavfli vaqt haqida «Journal of the American Medical Association» jurnalida chop etilgan maqolada aytib o‘tilgan.

Tadqiqotchilar koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizilgan 2200 bemor, pnevmoniya bilan davolangan 1800 bemor va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan 3500 bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqishdi.

Buni qarangki, dastlabki 10 kun ichida shifoxonadan chiqarilgan COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim xavfi yurak yetishmovchiligi yoki koronavirusga aloqasi bo‘lmagan pnevmoniya bilan davolangan bemorlarga qaraganda 40-60 foiz yuqori bo‘lgan. Dastlabki ikki oy ichida 9 foizi koronavirusdan vafot etdi va 20 foizi yana shifoxonaga yotqizildi. Biroq 60 kundan so‘ng bu xavf boshqa ikkita kasallikka qaraganda kamaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, COVID-19 boshqa kasalliklarda kuzatiladigan sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan ko‘ra jiddiyroq noxushliklarni keltirib chiqaradi. Bemorlarning yoshi muhim sanaladi: 70-80 yoshli bemorlarning taxminan yarmi shifoxonadan chiqqandan keyin 60 kun ichida vafot etdi. Shifoxonaga qayta yotqizilgan bemorlarning 22 foizidan ko‘prog‘i reanimatsiyaga tushib qolishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring