Koronavirusdan to‘liq himoyalanish imkoniyati isbotlandi
Olimlar neytrallashtiruvchi antitanachaning koronavirusni qayta yuqtirishdan to‘liq himoyalashini isbotlashdi. Bu haqda «EurekAlert!» press-relizida ma’lum qilingan.
Mutaxassislarning «Journal of Clinical Microbiology» nashrida chop etilgan maqolasiga ko‘ra, tadqiqotchilar 2020-yil may oyida Sietldan chiqqan baliq ovlovchi kema bortida bo‘lgan uch nafar odamda antitanachani aniqlashgan. SARS-CoV-2 jami 122 kishidan 104 nafarida qayd etilgan. Biroq neytrallashtiruvchi antitanachasi bo‘lgan odamlar suzish vaqtida va undan keyin ham kasal bo‘lishmagan. Bu koronavirusga qarshi yetarlicha samarali vaksina yaratish mumkinligini isbotlaydi. U esa o‘z navbatida pandemiyani to‘xtatishga yordam beradi.
Shu bilan birga, kasallikni yuqtirganlarning aksar qismi avval boshqa respiratorli infeksiyani boshidan o‘tkazganda odamda kelib chiquvchi immunitetning har qanday shakli COVID-19dan yetarli himoya bilan ta’minlamasligini ko‘rsatmoqda.
Neytrallashtiruvchi antitanachalar deb oqsilli molekulalarga aytiladi. Ular hujayralarni virus yoki bakteriyalar sifatida namoyon bo‘luvchi antigen tashuvchilaridan himoya qiladi. Antitanacha patogenning ustiga yopishib olib, ularning faolligini cheklaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter