Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 250 million nafardan oshdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 250 million nafardan oshdi

Foto: «RIA Novosti»

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, 26-dekabrga kelib (Toshkent vaqti bilan soat 20:00), dunyo bo‘yicha koronavirus (SOVID-19) dan sog‘ayganlar soni 250 220 583 nafarni tashkil etmoqda.

Kasallik eng ko‘p qayd etilgan uch mamlakat sog‘ayganlar soni bo‘yicha ham yetakchi: AQShda bu ko‘rsatkich — 41 001 184, Hindistonda — 34 230 354, Braziliyada — 21 414 318 nafarga teng.

Ayni paytda dunyo bo‘yicha SOVID-19 tashxisi qo‘yilgan 24 318 977 nafar bemor davolanishni davom ettiryapti.

Umuman olganda, pandemiya davrida koronavirusni yuqtirish holatlari 279 954 783 tani tashkil etib, 5 415 223 ta holatda o‘lim bilan tugagagan.

O‘zbekiston koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 100-o‘rinni band etib turibdi: jami kasallanganlar — 198 242, sog‘ayganlar — 195 193, vafot etganlar — 1 479 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring