Koronavirusdan o‘lim holatlari 13 foizga oshdi — JSST
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan oylik hisobotini e’lon qildi. Unda 2022-yil 26-dekabrdan joriy yil 22-yanvargacha bo‘lgan muddatda Yer yuzi bo‘yicha SOVID-19 ni yuqtirish holatlari va infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 4 hafta davomida 11 million nafardan ortiq kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan. Ulardan 55 mingdan ziyodi virus oqibatida vafot etgan.
JSST tahliliga ko‘ra, 28 kun davomida xastalanish statistikasi undan avvalgi oyga nisbatan 25 foizga kamaygan bo‘lsa-da, bu davrda o‘lim ko‘rsatkichlari 13 foizga oshgani xavotirli holat. Shu bois tashkilot Yer yuzi aholisiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
26-dekabrdan 22-yanvargacha eng ko‘p bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
- Yaponiya — 672 526,
- AQSh — 323 721,
- Janubiy Koreya — 192 638,
- Xitoy — 142 066,
- Braziliya — 114 916.
Ma’lumot uchun: koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha qariyb 665 million kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan 6,7 million nafardan ziyodi kasallik oqibatida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter