Koronavirusdan kunlik o‘limlar soni yana osha boshladi
![Koronavirusdan kunlik o‘limlar soni yana osha boshladi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2704836061.jpg)
2021-yil 18-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 146459 (+844) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
70 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
39 nafari Andijon viloyatida,
21 nafari Buxoro viloyatida,
51 nafari Jizzax viloyatida,
25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
16 nafari Navoiy viloyatida,
36 nafari Namangan viloyatida,
91 nafari Samarqand viloyatida,
24 nafari Sirdaryo viloyatida,
92 nafari Surxondaryo viloyatida,
73 nafari Farg‘ona viloyatida,
39 nafari Xorazm viloyatida,
98 nafari Toshkent viloyatida,
169 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1002 nafarni tashkil qildi.
18 avgust kuni 386 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 19586 nafarga yetdi. Kecha ularning 375 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 12168 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 132 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter