Koronavirusda o‘lim xavfini ikki baravar oshiruvchi yana bir omil aniqlandi
AQShda kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (CDC) koronavirus tufayli boshqa bemor ayollarga qaraganda homilador ayollar ikki baravar ko‘p vafot etadi, degan xulosaga keldi.
Tadqiqot qariyb 19 ming nafar bo‘lg‘usi onalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
«The Washigton Post» ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tgan COVID-19ga chalingan 19 ming homilador ayoldan 33 nafari vafot etgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘lim darajasi 0,2%ni tashkil etgan.
Homilador bo‘lmagan ayollar orasida bu ko‘rsatkich ikki baravar kam.
Statistika 22-yanvardan 3-oktyabrga qadar jamlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi virus tarqalishini pandemiya deya tan oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter