SSV: koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari keskin ortdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko‘paydi. SSV xabarida aytilishicha, 2022- yil 6-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199758 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
9 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
36 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
5 nafari Farg‘ona viloyatida,
12 nafari Xorazm viloyatida,
47 nafari Toshkent viloyatida,
120 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter