Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirgan keksa kishilarda o‘lim xavfi olti oygacha saqlanadi

Koronavirus yuqtirgan keksa kishilarda o‘lim xavfi olti oygacha saqlanadi

Koronavirus bilan kasallangan odamlarda tuzalgandan so‘ng keyingi olti oy davomida o‘lim xavfi yuqori bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.

«Erkaklarda, ayniqsa, keksa yoshli odamlarda koronavirus bilan kasalangandan keyingi olti oy davomida o‘lim xavfi ko‘proq kuzatiladi», — deya ta’kidlagan Murashko bergan intervyusida.

Shuningdek, u koronavirus yuqtirilgandan keyin bemorlarda tromboz, asab tizimining shikastlanishi, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan bog‘liq asoratlar kuzatilganini ma’lum qildi. Bu kabi alomatlar sakkiz-to‘qqiz oygacha saqlanib qolishini aytgan.

Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, yoshi kattalar koronavirus yuqtirganidan so‘ng chuqurlashtirilgan davolanish muolajalarini olishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring