Koronavirus yuqtirgan 70 yoshli bemor tuzaldi
Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda SSV jamoatchilik bilan aloqalar xabar bermoqda.
Sog‘aygan bemor 70 yoshda bo‘lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, ushbu klinikada hozirga qadar darddan forig‘ bo‘lganlar 11 nafarga yetdi.
Ayni paytda klinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda malakali pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislar bilan telemuloqot o‘rnatilib, zarur tavsiyalarni olinmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 129 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter