Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasi qachon yetkazib berilishi ma’lum qilindi

Koronavirus vaksinasi qachon yetkazib berilishi ma’lum qilindi

Foto: «Sputnik»

2021-yilning birinchi yarmida koronavirus vaksinasi cheklangan miqdorda yetkazib berila boshlanadi, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yetakchi ilmiy xodimi Sumya Svaminatan. Bu haqda SRF xabar berdi.

«Yilning birinchi yarmida cheklangan miqdorda yetkazib berishni rejalashtiryapmiz. Biz hozir rejalashtirish bosqichidamiz», — dedi u.

Svaminatanning ta’kidlashicha, JSSTning asosiy maqsadi — xavf ostidagilar, eng avvalo, tibbiyot xodimlarini vaksina bilan ta’minlash.

Uning qayd etishicha, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilmoqda, chunki turli preparatlarga ehtiyoj bor. Uning so‘zlariga ko‘ra, dorilarning qaysidir turi keksalarga to‘g‘ri kelsa, ba’zilari, masalan, o‘ziga xos saqlash sharoitini talab qilishi mumkin.

Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Sayyoramizda 55 milliondan ortiq kishi kasallikka chalindi, ulardan 1,3 milliondan ortig‘i vafot etdi. Yuqtirish holatlari eng ko‘p AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring