Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasi necha pul? Jurnalistlar aniqlashdi

Koronavirus vaksinasi necha pul? Jurnalistlar aniqlashdi

Illyustrativ foto

Jurnalistlar turli mamlakatlarda ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalarning narxi qanchaligini aniqlashdi.

O‘z dorisiga eng qimmat narxni AQShning «Moderna» biotexnologiya kompaniyasi qo‘ymoqda —  «COVID-19»ga qarshi bitta kurs 50-60 dollar atrofida, ukollar soni ikkitaligi nazarda tutilsa, bitta dozasi 25-30 dollardan.

Bu haqda potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borayotgan kompaniyadagi o‘z manbalariga asoslanib «Financial Times» gazetasi xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, bu AQSh hamda aholisining daromadi yuqori mamlakatlar uchun qo‘yilayotgan narx.

Gazeta ma’lumot berishicha, Germaniyaning koronavirusga qarshi vaksina bilan shug‘ullanayotgan «BioNTtech» farmakologiya kompaniyasi o‘z dorisining bitta dozasiga 19,5 dollar narx qo‘ygan, britan-shved kompaniyasi — «AstraZeneca»da esa narxlar ancha arzon: 3-4 dollar atrofida.

«FT» manbalaridan biri qo‘shimcha qilishicha, «Moderna» muzokaralar davomida hali narxni tushirishiyam mumkin, chunki boshqa raqobatchilar o‘z vaksinalarini ancha arzonga taklif etyapti.

«Moderna» kompaniyasi 30 ming nafar ko‘ngilli ishtirokida o‘z vaksinasining uchinchi — yakuniy bosqichi sinovlariga kirishgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring