Koronavirus va insult o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi
Olimlar koronavirus va insult o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Kembrij universiteti mutaxassislari guruhi o‘z tadqiqotlari natijalarini «International Journal of Stroke»da chop etishdi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, virusga chalingan odamlarda insult va qon tomiri kasalliklaridan o‘lim nisbati oddiy bemorlarga qaraganda ikki baravar yuqori ekanligini aniqladilar. Bundan tashqari, mutaxassislarning ta’kidlashicha, kasalxonaga yotqizilgan kamida har yuzinchi yuqtirgan odam insultga duch keladi.
Avvalroq, shifokorlar virusli bemorlarda neyronlarning keskin yo‘qotishga uchrashlari haqida ma’lumot berishgandi. Braziliyada 70 dan ortiq shifokorlar duch kelgan tibbiy holatlarga asoslanib, olimlar miyada koronavirus infeksiyasining yangi oqibatlarini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, kasallikning og‘ir shakli bo‘lgan bemorlarda ham, asemptomatik bemorlarda ham «COVID-19» inson miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter