Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Turkiyada bir kunda 59 nafar bemor olamdan o‘tdi

Koronavirus: Turkiyada bir kunda 59 nafar bemor olamdan o‘tdi

Foto: «Sputnik»

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda 1832 nafarga ko‘payib, jami kasallikni yuqtirganlar soni 129 kishiga yetdi, 59 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

«Bugun 1832 ta yangi holat aniqlanib, jami kasallikni yuqtirganlar soni 129 491 kishiga yetdi. Bugun 59 nafar bemordan ayrildik, jami vafot etganlar soni — 3530 kishi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 5119 nafar bemor tuzaldi, jami ularning soni — 73 285 kishini tashkil etmoqda», — deb yozadi Koja «Twitter»da.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring