Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tufayli 140 million lola nobud bo‘ldi

Koronavirus tufayli 140 million lola nobud bo‘ldi

Foto: «Zakrasit.ru»

Koronavirus pandemiyasi sharoitida gullarga talab kamaygani bois Niderlandiyada gul kompaniyalari 400 million gul, jumladan, 140 million dunyoga mashhur golland lolasini yo‘q qilishga majbur bo‘ldi, deya xabar berdi «New York Times» gazetasi.

«Bu virus lolalar savdosi ayni avjiga chiqqanda bizga ziyon yetkazdi. To‘rt hafta o‘tdi, pul aylanmasi o‘tgan yilgiga qaraganda 50 foiz past», — deydi «Royal Flora Holland» golland floristlar konglomeratining savdo-sotiq menejeri Freda van Tola.

Faqat lola ishlab chiqaruvchi va gul do‘konlari egalarigina katta moliyaviy yo‘qotishga duchor bo‘lmadi. Mamlakat, shuningdek, yilning shu davrida Niderlandiyaning eng diqqatga sazovor joylaridan biri — Lisseda nargis, sunbul va lolazorlarni tomosha qilish uchun keladigan yuzlab sayyohlaridan judo bo‘ldi.

Mana, masalan, Niderlandiyada «Kyokenxof» gullar bog‘i bu yil tashrif buyuruvchilarga hatto eshigini ham ochmadi. Bundan bog‘ 25 million dollar zarar ko‘radi.

Shunga qaramay, 25 nafar bog‘bon gullarni parvarish qilishni davom ettirmoqda. Xohlovchilar bog‘ saytida onlayn tartibda gulzorlarning rasmlarini tomosha qilishlari mumkin.

«Tabiat qoidalarga quloq solmaydi. Niderlandiyada gullash mavsumi boshlandi. Endilikda bog‘ chindan ham go‘zallashib ketdi. Biz buni uyda o‘tirishga majbur bo‘layotganlarga ko‘rsatish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz», — deydi direktor Bart Simerink.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada 25 587 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 2737 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Shifoxonalarda 8582 kishi davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring