Koronavirus tashuvchilarining hammasi ham yuqumli emas
Sayyoramizning 41 foizgacha aholisi COVID-19 ning alomatsiz tashuvchisi bo‘lishi mumkin, biroq necha foizi virusni yuqtirishi noma’lum, deydi JSST favqulodda vaziyatlar bo‘limi texnik guruh rahbari Mariya Van Kerkxove.
«Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, 6% dan 41% gacha aholida kasallik alomatsiz kechayotgan bo‘lishi mumkin: o‘rtacha 16%. Biroq bizga ma’lumki, kasallik alomatsiz va alomatli kechayotgan bemorlarning ayrimlarigina virusni yuqtiradi. Shunday ekan, aholining qancha qismida alomati yuzaga chiqmaganligini hamda ularning necha foizi virusni yuqtirishini aniqlashimiz zarur», — dedi u Jenevada bo‘lib o‘tgan onlayn-seminarda.
Ekspertning ta’kidlashicha, JSST COVID-19 alomatsiz tashuvchilarining aniq soni borasida ma’lumotga ega emas.
«Kasallikning yuqishi haqida nimalarni bilamiz? Bizga COVID-19 ni yuqtirganlarning ko‘pchiligida alomatlar yuzaga chiqishi ma’lum. Lekin ular orasida alomatsiz bemorlar ham bor. Virus asosan alomati bo‘lgan bemorlardan boshqalarga havo-tomchi yo‘li orqali yuqqanligi ham bizga ma’lum. Ular orasida alomati namoyon bo‘lmaganlari ham bor. Haqiqiy masala bunday odamlarning sonida. Buni hozircha bilmaymiz», — deya ta’kidladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alomatsiz tashuvchilar borasidagi tadqiqotlar yetarli emas.
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur direktori Maykl Rayanning ta’kidlashicha, COVID-19 ning barcha tashuvchilarini aniqlashda ommaviy test o‘tkazish muhim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter