Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishi bilan maktablarning ochilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q — YuNISEF

Koronavirus tarqalishi bilan maktablarning ochilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q — YuNISEF

Foto: news.un.org

Dunyo bo‘ylab pandemiya tufayli ko‘plab maktablar yopilmoqda, hozirda 320 million o‘quvchi oflayn darslarga qatnay olmayapti. Taqqoslash uchun — bir oy oldin, noyabr oyining boshida 232 million bola maktabga bormadi, deya xabar berdi «BMT yangiliklari».

«Hozirda biz COVID-19 kasalligi, kasallik tarqalishida maktablarning roli, o‘quv muassasalarida bolalarning himoya qilishga yordam beradigan chora-tadbirlar haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga qaramay, noto‘g‘ri yo‘nalish tomon harakatlanyapmiz», — dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi vakili Robert Jenkins.

Jenkins, shuningdek, maktablar COVID-19 tarqalishining asosiy manbai ekanligini isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lsa-da, hukumatlar maktablarni yopayotgani va bu chorani eng oxirgi emas, balki ustuvor vazifa sifatida qabul qilayotganini ta’kidladi.

191 mamlakatda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra koronavirusning tarqalishi bilan maktablarning ochilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligi aniqlandi.

Jamg‘arma hukumatlarni hammani niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, muntazam koronavirus testlaridan o‘tish kabi barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda maktablarni ochishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring