Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir Osiyo mamlakati koronavirus sabab mahbuslarni muddatidan avval ozod qildi

Yana bir Osiyo mamlakati koronavirus sabab mahbuslarni muddatidan avval ozod qildi

Foto: «Mirror»

AQSh va Erondan so‘ng Indoneziya hukumati ham qamoqxonalardagi 30 000 mahbusni muddatidan avval ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda «Mirror» xabar bermoqda.

Katta yoshdagi mahkumlar jazoning uchdan ikki qismini o‘tagan taqdirda shartli ravishda ozod qilinadi. Yosh huquqbuzarlar esa jazo muddatining yarmini o‘tagan bo‘lsa ham qo‘yib yuboriladi.

Qaror ko‘pchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi. Sababi qamoqxonalardagi sanitariya qoidalariga zid bo‘lgan holatlar mahkumlar orasida virusni yuqtirish ehtimolini oshirishi mumkin.

Ayni damda Indoneziyada koronavirus sabab 120dan ortiq odam vafot etgan.

Avvalroq Eron koronavirus tufayli 100 mingga yaqin mahbusni vaqtincha qamoqxonalardan ozod qilganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring