Koronavirus sabab konditsionerdan foydalanish xavfli bo‘lib qoldimi?
Virusolog Aleksandr Lukashev koronavirus infeksiyasining tarqalishi paytida konditsionerdan foydalanish xavfi haqida gapirdi.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, konditsionerning ishlashi tufayli virusni 1,5 metrdan oshiq masofaga tarqaladigan qo‘shimcha havo oqimi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, Lukashev bu holatda konditsionerlar ventilyator va hatto oddiy yelvizakdan farq qilmasligini ta’kidladi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, konditsionerlar ventilyatorlarga qaraganda xavfsizroq.
«Sovutish samarali bo‘lishi uchun konditsioner ventilyatorga qaraganda kamroq havo oqimini chiqarali», deb tushuntirdi Lukashev.
Uning tavsiyasiga ko‘ra, ofislarda konditsionerlardan foydalanishga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Uyda esa uni cheklovsiz ishlatish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter