Koronavirus qirollarni ham ayab o‘tirmayapti
Saroy a’yonlari va xizmatkorlarida virus aniqlangach, Malayziya qiroli sulton Abdulla Riyyatuddin Al-Mustafo va qirolicha Aziza Amina Maymuna Iskanderiya COVID-19 koronavirus infeksiyasiga tahlil topshirishdi. Hozir ular karantinda, deb xabar berdi «The Star» gazetasining internet shakli.
«Ularning tahlil natijalari manfiy chiqdi, biroq hazrati oliylari kecha boshlangan 14 kunlik karantinda bo‘lishlari zarur», — deyiladi Qirol saroyi Byurosi bayonotida. Uni saroy bosh inspektori Ahmad Fadil Shamsuddin o‘qib eshittirdi, deb yozadi gazeta.
Ayni vaqtda, Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlangandan buyon mamlakatda 1 796 kishi kasallangan, 199 kishi tuzalgan, 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter