Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan nega erkaklar ko‘proq vafot etishi sababi tushuntirildi

Koronavirusdan nega erkaklar ko‘proq vafot etishi sababi tushuntirildi

Foto:«Izvestiya»

Science jurnali AQShning Yel universiteti olimlarining koronavirusdan kimlarda ko‘proq o‘lim holati kuzatilgani haqidagi xulosalari e’lon qildi. Unga ko‘ra, xromosomalardagi farq tufayli erkaklar ayollarga qaraganda COVID-19 dan o‘lish ehtimoli 1,7 foizga ko‘p.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ayollarda COVID-19ning og‘ir alomatlarini rivojlanishiga immunitetni boshqaruvchi genlarga boy bo‘lgan ikkita X xromosomasi borligi to‘sqinlik qiladi.

Tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, X xromosomalaridan biri gen dozasini kompensatsiya qilish mexanizmi natijasida o‘chirilgan bo‘lsa-da, DNKning ba’zi qismlari tug‘ma immunitet tizimini faollashtira oladi.

Bundan tashqari, ayol jinsiy gormoni estrogen himoya rolini bajaradi, u hujayralarga kirish uchun koronavirus tomonidan ishlatiladigan ACYe2 retseptorlarini to‘sib qo‘yishga qodir. Shu bilan birga, olimlar erkaklar gormonlari va androgenlari virusning hujayralarni yuqtirish qobiliyatini oshirishni taklif qilishagan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 60 yoshdan oshgan erkaklar SARS-CoV-2ga qarshi asosiy immunitetni yo‘qotishni boshlaydi. Ular ko‘pincha boshqa immun tizim molekulalarining haddan tashqari kompensatsion ta’siriga ega bo‘lib, bu esa o‘pkaning tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Natijada bemor holati yomonlashadi.

Noyabr oyida immunolog-allergist Vladimir Bolibok erkaklarda koronavirus infeksiyasining og‘irlashishining sababi jinsiy gormonlar immunitet tizimining ishlashiga ta’sir qilishidir degan fikrlarni aytgan edi. Unga ko‘ra, ayol jinsiy gormonlar - estrogenlar antitellarning hujayralarga kirib borishini osonlashtiradi. Biroq, erkak gormoni - testosteron esa bu xususiyatga ega emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring