Koronavirus qayd etilgan yangi holatlar haqida ma’lumot berildi
2020-yil 27-aprel soat 22:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1904 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, kasallikni yutirganlar soni 1887 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt ichida yana 17 nafar hamyurtimizda kasallik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni bugun 892 nafarga yetdi. Sakkiz kishi kasallikdan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter