Koronavirus qanday sharoitlarda tez yuqishi ma’lum bo‘ldi
![Koronavirus qanday sharoitlarda tez yuqishi ma’lum bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3639771686.jpg)
Dunyo bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanish o‘sib borarkan, virusning qanday sharoitlarda yuqishini bilish juda muhim. «EurekAlert»da chiqqan maqolada yozilishicha, olimlar virus zarralari mavjud mayda tomchilar qanday tarqalishini aniqlash uchun havoning namligi, harorati, shamolning tezligi kabi omillarni o‘rganib chiqishdi.
Virus o‘lishi uchun yuqori harorat va quruq havo kerak
- Yuqori harorat va havo nisbiy namligining pastligi tomchilarning tezroq bug‘lanib ketishiga olib keladi, bunday sharoitda virus tez halok bo‘ladi.
- Yuqori harorat kuzatilsa, ammo havoning nisbiy namligi ham yuqori bo‘lsa virusning yashovchanligi uzayib, tarqalish radiusi ham kengayadi.
- Shamolning tezligi ham juda muhim omil — masofani saqlash haqidagi barcha qoidalarni chippakka chiqarishi mumkin.
Olimlar yuqoridagi ko‘rsatkichlar nega pandemiya iyul oyida ham dunyoning aksariyat yirik shaharlarida kuchayganiga javob bo‘lishini ta’kidlashgan. Masalan, jazirama issiq bilan birga havoning nisbiy namligi ham yuqori bo‘lgan Hindistonda epidemiya kuchayib ketdi.
Yuqoridagi omillar kelayotgan kuz va qish fasllarida yanada hushyorlikka chorlashi shart, salqin havo, yuqori namlik va shamolning kuchayishi — koronavirus yashashi va tarqashi uchun bundan qulay sharoit yo‘q.
Yuqoridagilardan xulosa qilinadigan bo‘lsa, Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston koronavirus tarqalishi uchun «eng noqulay» sharoitli (jazirama issiq va quruq havo) mintaqalardan (edi). Ammo oldinda kuz, qish va bahor...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter