Koronavirus ona suti rangini o‘zgartirib yubordi
Koronavirus bilan kasallangan Anna Kortez suti yashil rangga aylanganidan shikoyat qilib, shifokorga murojaat qildi. Mutaxassis rang o‘zgarishini sut tarkibida antitelalar borligi bilan izohladi, deb yozadi Daily Star.
Meksikalik ayol to‘rt oylik qizini emizishda davom etgan. Koronavirus chaqaloqqa ham yuqqan, ammo uning kasalligi asoratsiz o‘tgan.
2020 yil sentyabr oyida rossiyalik olimlar ona sutining chaqaloqdagi ichak infeksiyalari uchun foydali ekani haqida xabar berishgandi. Shuningdek, shifokorlar ona sutini iste’mol qilgan bolalarda ekzema rivojlanish xavfi kam degan xulosaga kelishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter