Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus mutatsiyasi qanday oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

Koronavirus mutatsiyasi qanday oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi

Foto: «Potokmedia.ru»

Koronavirus yangi mutatsiyalarining paydo bo‘lishi bir qator xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi eksperti, Bundestag deputati, epidemiolog Karl Lauterbax 20-dekabr kuni ma’lum qildi, deya xabar berdi RND portali.

Lauterbaxning ta’kidlashicha, birinchidan, yangi infeksiya yuqish xavfini yanada oshirishi, ikkinchidan, virusning yangi, yana-da xavfli turlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

«Bu o‘ziga xos og‘ir vaziyat: infeksiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, mutatsiya uchun imkoniyatlar shuncha ko‘p bo‘ladi va shuning natijasida mutatsiyalar ko‘payadi. Bu, o‘z navbatida, infeksiyalar sonining ko‘payishiga olib keladi. Bu tinimsiz davom etaveradi», — deya tushuntirdi mutaxassis.

14-dekabr kuni Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mettyu Xenkok mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusining yangi shtammi topilganligini, u asl nusxasidan ko‘ra tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi. Virus odamdan odamga oson tarqaladi. Shu boisdan ham yuqumliroq.

Keyinchalik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xuddi shunday shtamm Gollandiya, Daniya va Avstraliyada topilganligini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring