Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus mavsumiy kasallik emas, «ikkinchi to‘lqin», grippga qarshi emlash — JSST ayrim savollarga oydinlik kiritdi

Koronavirus mavsumiy kasallik emas, «ikkinchi to‘lqin», grippga qarshi emlash — JSST ayrim savollarga oydinlik kiritdi

Foto: UN

Koronavirus mavsumiy kasallik ekanini hozircha vrachlar tasdiqlay olishmaydi. Jenevada o‘tkazilgan brifingda JSST rasmiy vakili Margaret Harris shunday bayonot berdi.

«Mavsum, aftidan, virusning yuqishiga ta’sir ko‘rsatmaydi», — dedi u.

Harris turli jo‘g‘rofiy kengliklarda joylashgan mamlakatlarda — Shimoliy va Janubiy yarimsharda koronavirus bir xil tezlikda tarqayotganini ta’kidladi.

Margaret Harris. Foto: «Berita Harian»

«Masalan, gripp mavsumiy kasallik — qishda ko‘p uchraydi. Janubiy yarimsharda hozir qish. <...> E’tiborli jihati, hozir bu mintaqada koronavirus yuqori tezlikda tarqayapti, gripp esa unchalikmas. Ehtimol gripp mavsumi Janubiy yarimsharda kechroq boshlansa kerak», — dedi Harris.

JSST grippning kuchayishi koronavirus yuqori tezlikda tarqayotgan paytga to‘g‘ri kelib qolishidan ko‘proq xavotirda. Shu boisdan odamlarga imkon qadar grippga qarshi emlanish tavsiya etilyapti.

Harris koronavirusning ikkinchi to‘lqini kelmasligini aytdi. Ta’kidlashicha, «bitta katta to‘lqin»ning o‘zi goh kuchayib, goh susayib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring