«Koronavirus jiddiy o‘zgarishga uchrayapti» — JSST vakili
Sars-Cov-2 koronavirusi asta-sekin endemik (mahalliy) bo‘lib bormoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) shoshilinch kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma’lum qildi.
Endemik kasallik—mintaqada keng tarqalgan kasallikdir. Mutaxassisning ta’kidlashicha, virusning bunday o‘zgarishi haqida hozircha bir aniq gap aytish, shuningdek, yangi turlari haqida ham hech qanday taxminlarni ilgari surish mumkin emas.
Avvalroq JSST o‘tgan sutkada deyarli 3,4 million kishi koronavirus bilan kasallanganini aytib o‘tgan edi, bu pandemiya davridagi rekord darajagi kunlik ko‘rsatkichdir.
Umumiy hisobda, pandemiya boshlanganidan beri kasallanganlar soni 312 173 462 nafarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq «omikron» shtammining kutilmagan xususiyati haqida ma’lumot berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter