Koronavirus bo‘yicha avgust oyidagi eng yaxshi natija qayd etildi

2021-yil 29-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 155639 (+795) nafarni tashkil etmoqda. Bu avgust oyidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Yangi kasallanish holatlarining:
86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
30 nafari Andijon viloyatida,
16 nafari Buxoro viloyatida,
21 nafari Jizzax viloyatida,
20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
14 nafari Navoiy viloyatida,
23 nafari Namangan viloyatida,
68 nafari Samarqand viloyatida,
25 nafari Sirdaryo viloyatida,
28 nafari Surxondaryo viloyatida,
85 nafari Farg‘ona viloyatida,
33 nafari Xorazm viloyatida,
115 nafari Toshkent viloyatida,
231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1075 nafarni tashkil qildi.
29-avgust kuni 303 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 23464 nafarga yetdi. Kecha ularning 291 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 15988 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 168 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter