Koronavirus bilan kasallanishlar soni yana ko‘paymoqda
O‘tgan hafta koronavirusga chalinishlar soni yetti hafta ichida ilk bor oshdi. Kasallikning ko‘payishi haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Agar davlatlar faqat vaksinaga ishonib qoladigan bo‘lsa, xato qilishadi. Aholi salomatligini muhofaza qilish choralari hali ham pandemiyaga qarshi kurashning asosi hisoblanadi», — dedi u.
JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘pgina mamlakatlar epidemiyani yengish uchun zarur bo‘lgan taqiqlarni yumshatmoqda. Shu bois yangi kasallanishlar sonining ko‘payishi «garchi noxush bo‘lsa-da, lekin kutilmagan holat hisoblanmaydi». Shuningdek, u hukumatlarning yana bir xatosiga to‘xtalib o‘tdi: ba’zi mamlakatlar birinchi navbatda yoshlar va sog‘lom fuqarolarni emlashmoqda. Infeksiya esa ushlarga qaraganda keksalarga ko‘proq xavf soladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter