Koronavirus alomatlarining paydo bo‘lish ketma-ketligi aniqlandi
Amerikalik olimlar koronavirusning ilk alomatlari namoyon bo‘lish tartibini ma’lum qilishdi. Mutaxassislar 55 mingdan ziyod bemorning kasallik tarixini tahlil qilgandan so‘ng shunday xulosaga kelishgan. Tadqiqot natijalari «Frontiers in Public Health» jurnalida chop etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, COVID-19 bilan kasallanganlarda alomatlarning yuzaga chiqish tartibi quyidagicha:
— isitma,
— yo‘tal,
— mushak og‘riqlari,
— ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish,
— ich ketishi.
Olimlar ushbu kashfiyot kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim vosita ekanligini ta’kidlashmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 22 millionga yaqinlashib qoldi, 766 mingdan ortiq bemor vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter