Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Afrikaning qaysi davlatlarida vaziyat jiddiyroq?

Koronavirus: Afrikaning qaysi davlatlarida vaziyat jiddiyroq?

Foto: «Rossaprimavera.ru»

Afrikada koronavirusga chalinganlar soni 240 ming kishidan oshdi, 6,4 ming kishi vafot etdi, deya xabar berdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy idorasi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Afrika qit’asida COVID-19 ni yuqtirganlar soni jami 240 295 kishini tashkil etadi, infeksiya qayd etilgan 6412 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan. «RIA Novosti»ning yozishicha, epidemiya boshlangandan beri qit’ada qariyb 110 mingdan ziyod odam tuzalgan.

Eng ko‘p kasallanishlar soni JAR (70 038), Misr (42 980) va Nigeriya (16 085)da qayd etilgan. Yangi virus tufayli eng ko‘p vafot etganlar Misr (1484), JAR (1480) va Jazoir (767)da aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 7,6 million kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 427 mingdan ziyod kishi kasallik tufayli vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring