Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyada O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi

Koreyada O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi

Foto:«Ktk.kz»

O‘zbekiston fuqarosining Koreyada COVID-2019 koronavirusi bilan kasallanganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqalgandi. Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi Tegu shahridagi kompaniyalardan birining ikki xodimida koronavirus aniqlanganligi haqida xabar berdi.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng kompaniya xodimlarining bir qismi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi ham ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan.

Vatandoshimiz joylashtirilgan tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berishi mumkin.

TIV Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi

(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi

(+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov, Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi

(+82) 10-3213-1972

Erkin Xodjayev, Birinchi kotib

(+82) 10-2674-7798

Akbarjon Turayev, Birinchi kotib

(+82) 10-6659-4504

Xaydar Fayziyev, Konsul, ikkinchi kotib

(+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov, Attashe

(+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullayev, “Uzbekistan Airvays” AJ vakolatxonasi

(+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi

(+82) 10-9910-0057

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring