Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar vaksina olmasligi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Kimlar vaksina olmasligi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida 18 va undan yuqori yoshdagi aholini SOVID-19ga qarshi emlash tartiblariga ko‘ra, emlashga qarshi vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.

Komissiya tomonidan taqdim qilinadigan tibbiy cheklov to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagilar aks etadi.

—Vaqtinchalik qarshi ko‘rsatmalar:
Koronavirus kasalligining o‘tkir shakli bo‘lgan bemorlar.

Laboratoriyada SOVID-19 musbat natija bergan, biroq klinik belgilar bo‘lmagan shaxslar.

Koronavirus kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantin muddati tugaganidan keyin emlanadi.

—Emlashga uzoq muddatli va doimiy moneliklar:

Anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari (anafilaktik shok) bo‘lgan shaxslar (tasdiqlovchi tibbiy hujjat bo‘lganda);

Homilador va emizikli ayollar (vaksinaning ushbu kontingentga xavfsizligi to‘g‘risida ma’lumot yetarli emasligi sababli);

18 yoshgacha bo‘lgan bolalar:

Anamnezida tug‘ma yoki orttirilgan immunotanqislik holati, OIV infeksiyasi bo‘lgan bemorlar;
Vaksinaning komponentlariga yuqori sezgirligi bo‘lgan shaxslar.

UNUTMANG!

SOVID-19 vaksinatsiyasiga qarshi ko‘rsatmalar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokori tomonidan aniqlanadi va cheklov to‘g‘risida xulosa berish maqsadida maxsus komissiyaga yuboriladi. Vaqtinchalik yoki doimiy tibbiy cheklovlar faqat davolash-profilaktika muassasalari rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Koronavirus infeksiyasining o‘tkir shakli simptomlari bo‘lgan bemorlar, shuningdek, laboratoriyada SOVID-19ga musbat natija bergan, biroq klinik belgilari kuzatilmayotgan (simptomsiz) shaxslar va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, karantin muddati tugaganidan so‘ng emlanadi.
JSSTning tavsiyalariga asoslangan xolda SOVID-19 kasalligidan sog‘aygan va reabilitatsiya davrini o‘tkazgan shaxs shifokor ruxsati bilan 3-6 oydan so‘ng emlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring