Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kechga yaqin yurtimizda yana yuzdan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Kechga yaqin yurtimizda yana yuzdan ortiq koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Foto: «Yenicag.ru»

2020-yil 26-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 953 (+134) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 71 nafari Toshkent viloyatida, 49 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 308, Toshkent viloyatida 108, Namangan viloyatida 30, Andijon viloyatida ham 16, Jizzax viloyatida ham 16, Qashqadaryo viloyatida 12, Samarqand viloyatida 10, Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shu tariqa, yurtimizda 51 458 (+504) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 041 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring