Kasallanganlar soni keskin oshmoqda — SSV

2021-yil 26-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82146 (+186) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi SSV.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 4 nafari Xorazm viloyatida,
- 17 nafari Toshkent viloyatida,
- 143 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 625 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1161 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter