Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallik ikki baravarga ortdi

Kasallik ikki baravarga ortdi

Foto: «Anadolu»

SSV xabariga ko‘ra, mamlakatimizda virusni yuqtirish va kasallikdan vafot etish holatlari ko‘paymoqda.

UzReport tomonidan Zangiota tumanida joylashgan 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasidan tayyorlangan lavhada ham buni aksini topgan.

Qayd etilishicha, keyingi paytlarda ushbu muassasaga kasallanganlardan bo‘layotgan murojaatlar ikki barobarga ko‘tarildi, ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlar soni ham oshgan.

Mutaxassislar aholi vakillariga murojaat qilib, ularni sanitariya-epidemiologiya qoidalariga to‘liq rioya qilishga va «COVID-19»ga qarshi emlanishga chaqirdi. Shuningdek, bugungi kungacha emlangan biron kishidan shifoxonaga koronavirus bo‘yicha shikoyat qilib kelmaganini ta’kidlashgan.

Bemorlardan intervyu olinganda, ular ham vaksina olishni rad etganidan afsusda ekanini, tuzalgach eng birinchi qiladigan ishi emlanish ekanini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring