Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallanganlarning 70 foizi aholi orasida aniqlanyapti — Nurmat Otabekov

Kasallanganlarning 70 foizi aholi orasida aniqlanyapti — Nurmat Otabekov

Foto: Videolavhadan skrinshot

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarshi kurash va pandemiya davrida aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinmoqda.

Unda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov aholi orasida kasallik ko‘payganini qayd etdi.

— Bugungi kun kelishini qandaydir kutganga o‘xshayapman. Roppa-rosa 100 kun biz «kasallik avj olib ketishi, ehtiyotimizni qilmaydigan bo‘lsak, vaziyat murakkablashishi mumkin», degan gaplarni aytib, odamlarni ichiga xavotir kiritmoqchi bo‘ldik. Endi bo‘lsa, aynan shu xavotirga tushmaslik haqida gapirishga majbur bo‘lyapmiz.

Bir narsaga e’tibor berishimiz kerak, mana hozir kasallanganlarning statistik raqamiga e’tibor beradigan bo‘lsak, har kuni qayd etilayotgan koronavirus yuqtirganlarning qariyb 70 foizi aholi orasida aniqlanyapti. Ular kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganmi yoki bo‘lmaganmi, eng asosiy jihati — aholi orasida. Bizning oramizda kasallik qo‘zg‘atuvchi borligini ko‘pchilik hanuzgacha to‘liq anglab yetmayapti», — dedi Nurmat Otabekov.

E’tiborlisi, so‘nggi vaqtlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining an’anaviy statistikasida kasallanganlarni «aholi orasida» deb emas, «tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida» deb bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring